Prezidentning “Özbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asraş va yaşil iqtisodiyot yilida amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida”gi farmoni jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. 

2025 yilda tabiiy resurslarni tejaş va ulardan oqilona foydalaniş, ekologik barqarorlikni ta’minlaş borasida:

  • 1 ming kilometr kanallarni beton qoplamaga ötkazib, suv tejovçi texnologiyalar qamrovini 1,6 million gektarga yetkaziş hisobiga yiliga qöşimça 2,5 milliard metr kub suvni tejaşga erişilişi;
  • nasos stansiyalarida eskirgan nasos va elektr dvigatellarni zamonaviy energiya tejamkorlariga almaştiriş, suv resurslari hisobini takomillaştiriş orqali nasos stansiyalarining elektr energiya iste’moli 300 mln kVtgaça kamaytirilişi;
  • irrigatsiya va melioratsiya tizimlari obektlarini quriş va rekonstruksiya qiliş orqali 390 ming gektar qişloq xöjaligi yer maydonlarining suv ta’minoti yaxşilanişi;
  • sarflanayotgan suvning hisobi va hisoboti töliq yuritilişini ta’minlaş maqsadida magistral kanallar va muhim suv obektlarida suvning yagona onlayn hisobini yuritiş tizimi joriy etilişi;
  • 1,8 ming kilometr içimlik va oqova suv tarmoqlarini, 77 ta içimlik va oqova suv inşootlari qurilişi hamda rekonstruksiya qilinişi;
  • içimlik suv tizimida ma’nan eskirgan 746 ta nasos uskunalari energiya tejamkorlariga almaştirilişi, hududlarda 65,2 Megavatt quvvatga ega quyoş panellari örnatilişi, suv inşootlari va magistral suv tarmoqlariga 955 ta zamonaviy suv hisoblagiçlar örnatilişi;
  • barça içimlik suv ta’minoti korxonalarida sifat monitoringini yuritiş va ma’lumotlarni boşqariş markazlari yaratilişi;
  • daryolar, köllar va kanallarga turli ifloslantiruvçi moddalarning taşlanişi ustidan nazorat kuçaytirilişi ta’minlanadi.

Mazkur bandning sözsiz, sifatli va öz vaqtida ijrosini ta’minlaşga mas’ul etib tegişinça suv xöjaligi vaziri — Ş.Hamroyev, quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri — Ş.Hidoyatov, energetika vaziri — J.Mirzamahmudov, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vaziri — A. Abduhakimov belgilanadi.