Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Malayziyada O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab mashinalar paradi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yillik tantanasini xorijdagi yurtdoshlar o‘zgacha ruhda nishonlamoqda. Malayziyada ta'lim olayotgan, xizmat safarida bo‘lgan bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston bayroqlari ilingan mashinalar paradini tashkil etdi. Bu haqda Kun.uz'ga tashkilotchilardan biri xabar bergan.
«Shaharda yomg‘irli ob-havo ostida ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tkazilgan mashinalar paradi atrofdagilarda qiziqish uyg‘otdi. Biz Malayziyada o‘qiymiz, ayrimlar esa ishlaydi va qadrdon o‘zbekistonliklar birlashib bayram aksiyasini uyushtirishni o‘ylab qoldik», deydi tashkilotchilardan biri.


Aktsiya mualliflari qatorida o‘zbekistonlik Abdullo Alijonov, Naima Bahriddinova va Shaxrizod Musaboyev kichik bo‘lsada, Mustaqillikning 26 yilligi hamda Qurbon Hayit bayramlariga o‘zining tuhfasini taqdim etdi.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026