15:04 / 01.09.2017
5002

Keniya Oliy sudi prezidentlik saylovlari natijasini haqiqiy emas deb topdi

Foto: Reuters

Keniya Oliy sudi prezidentlik saylovlari natijalarini haqiqiy emas deb topdi. Ularda amaldagi prezident Uxuru Keniata g‘alaba qozongandi, deb xabar qilmoqda Reuters.

«Keniata g‘alabasini e'lon qilish holati yuridik kuchga ega emas va haqiqiy emasdir», - deya ma'lum qildi sudya Devid Maranga.

Shu tariqa, u olti sudyaning qarorini e'lon qildi, ulardan to‘rt nafari saylovlarni haqiqiy emas, deb topish uchun ovoz bergan.

Mamlakat Oliy sudining ta'kidlashicha, saylov komissiyasi ishida qonun buzilish holatlari aniqlangan va yangi prezidentlik saylovlarini 60 kun ichida o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Keniyaning amaldagi prezidenti Uxuru Keniata umumxalq saylovlarida 54,3 foiz ovozlarni qo‘lga kiritib, g‘alaba qozondi. Shu tariqa, u ikkinchi besh yillik muddatga saylandi.

Keniya muxolifati saylovlardagi ovoz berish natijalarini tan olmadi. Muxolifat yetakchisi, Keniya sobiq bosh vaziri Raila Odinganing ma'lum qilishicha, saylov komissiyasi bazasi xakerlik hujumga uchragan, shu sababdan uning natijalari soxtalashtirilgan. Saylov natijalari Nayrobi ko‘chalarida norozilik namoyishlarining o‘tkazilishga sabab bo‘ldi.

Keniya prezidenti ikkinchi muddatga saylandi

Keniyadagi saylovlardan so‘ng yuz bergan namoyishlar davomida bir necha kishi o‘ldirildi 

Keniya prezidentlik saylovi yana qonli xunrezliklarga aylanib ketadimi? 

Mavzuga oid
Top