Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Siti» va «Arsenal» o‘rtasida urush. Sanches qattiq norozi
Foto: Goal
«Manchester Siti» klubi «Arsenal»ning hujumchi Aleksis Sanches transferida ko‘rsatgan qilig‘idan norozi bo‘lmoqda. Shu maqsadda «Siti» London klubi chililik futbolchini sotishdan bosh tortgani uchun Angliya Futbol assotsiatsiyasiga shikoyat xati yozishni rejalashtirmoqda.
El Mercurio nashri bergan xabarga ko‘ra, tomonlar transferning barcha detallari bo‘yicha kelishuvga erishishga ulgurgandi, Sanches esa hattoki «Siti» bilan shartnoma imzolashga ham ulgurgan. Internetda uning Manchester klubi libosi tushgan suratlari ham e'lon qilingandi.
Goal.com jurnalisti Semmi Lining yozishicha, Aleksis «Arsenal»ning bu harakatlaridan qattiq xafa bo‘lgan va motivatsiyasini butkul yo‘qotgani sababli londonliklar safida to‘p surishni ortiq istamayapti.
«Manchester Siti» 28 yoshli futbolchini yanvardagi transferlar oynasi vaqtida sotib olishga va'da bergan.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» «Monako» yarimhimoyachisi Toma Lemar transferi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugaganidan so‘ng Sanchesni sotishdan bosh tortgandi. Bungacha klub chililik futbolchini 70 million funt evaziga sotishga rozilik bildirgandi.
Mavzuga oid
05:35
«Siti» turnirni tark etdi, Lissabonda kambek. YeChLda kun o‘yinlari
10:59 / 15.03.2026
«Siti» deyarli kurashdan chiqdi, Gulerdan shedevr gol. Kun o‘yinlari
12:09 / 12.03.2026
«Siti» Madridda 3 ta, «Chelsi» Parijda 5 ta gol o‘tkazdi. Kun o‘yinlari
16:41 / 10.03.2026