Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda viloyat ahli bilan mustaqillik tantanalari nishonlandi
Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida mustaqilligimizning 26 yilligiga bag‘ishlangan, «Fidoying bo‘lgaymiz sening, O‘zbekiston!» shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayramga viloyat tashkilot va korxonalari, oliy o‘quv yurtlaridan talabalar va o‘qituvchilar va viloyat mehmonlari qatnashishdi.
Viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev tadbirni kirish nutqi bilan ochar ekan, mustaqillik yillarida Samarqandda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlariga e'tibor qaratdi. Kuni-kecha Samarqandda yakunlangan «Sharq taronalari» xalqaro XI musiqa festivali, uning ochilish marosimida nutq so‘zlagan Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning so‘zlaridan iqtibos keltirar ekan, qadimiy tarixga ega bo‘lgan Samarqandning kundan kunga chin ma'noda sharq gavhariga aylanib borayotgani, viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yangrab, so‘ngra sahnaga samarqandlik taniqli xonandalar, raqqosalar chiqib kelib, bayramning madaniy qismi boshlandi. Sahnada kuylagan va raqsga tushgan bolajonlar, shuningdek, Samarqand oliy harbiy bilim yurti kursantlarining chiqishi bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.









Poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli san'atkorlarning va raqs guruhlarining chiqishi bayramga yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi. Bayram tadbirlari mushakbozlik bilan yakunlandi.

Bayram tantanalari 1 sentabr kuni kunduzi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi efirida viloyat aholisiga namoyish etiladi.
Shuhrat Shokirjonov,
KUN.Uzning Samarqanddagi muxbiri.
Fotosuratlar muallifniki.
Mavzuga oid
10:21 / 09.04.2026
Samarqanddagi qurilishda ishchini tuproq bosib qoldi
14:02 / 08.04.2026
“Qo‘lingni sindiraman”: Samarqandda o‘quvchilarga tahdid qilgan ona ustidan tekshiruv boshlandi
13:39 / 07.04.2026
Samarqandda «kar haydovchi tahqirlangani» haqidagi video sahnalashtirilgani ma’lum bo‘ldi
11:30 / 05.04.2026