Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti Putin bilan uchrashish uchun Rossiyaga kelmoqda. KXDR masalasi ko‘tariladimi?
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In kelasi hafta Rossiyaga tashrif buyuradi va ushbu davlat rahbari Vladimir Putin bilan Sharqiy iqtisodiy forum doirasida uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda «Ryonxap» agentligi janubiy koreyaliklar prezidenti ma'muriyatidagi vakilga asosan xabar bermoqda.
«Prezident 6 sentabrda kelganidan so‘ng, uning kun tartibida ko‘plab muhim rejalar bo‘ladi. Jumladan, prezident Putin bilan ikki tomonlama va kengaytirilgan muzokaralar, qo‘shma matbuot anjumani va ikki tomonlama muhim kelishuvlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi», - deya xabar berdi u.
Tashrif chog‘ida KXDR masalasi ko‘tarilishi borasida hech qanday ma'lumot berilmagan.
Avvalroq AQSh va Janubiy Koreya KXDR raketa uchirganiga javoban qo‘shma mashqlar o‘tkazgandi.