Emmanuel Makron Shavkat Mirziyoyevni Parijga taklif qildi
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Tabrik matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Makron maktubida Shavkat Mirziyoyevni Parijda kutishini ma'lum qilgan.
«Muhtaram Prezident Janoblari!
Sizga O‘zbekiston Respublikasining Milliy bayrami munosabati bilan eng samimiy tabriklarimni yo‘llayman va O‘zbekiston xalqiga yanada ravnaq va farovonlik tilayman.
Siz kabi men ham davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash tarafdoriman hamda Fransiya timsolida ustuvor sherikni ko‘rayotganingizdan mamnunman.
So‘nggi oylarda Fransiya va O‘zbekiston munosabatlarida yangicha sur'at kuzatilmoqda. Xususan, bu joriy yil boshidan buyon mamlakatlarimiz o‘rtasida uch marta yuqori darajada delegatsiyalar tashrifi amalga oshirilgani samarasidir. Bunda shaxsan Siz faol ishtirok etayotganingizdan xabardorman va buni yuksak qadrlayman. Siz Samarqanddagi loyiha yuzasidan imzolagan qaror Fransiya taraqqiyot agentligiga mamlakatingizda o‘zining ilk muhim faoliyatini amalga oshirish imkonini beradi. Buning uchun Sizdan minnatdorman.
Siz bilan dastlabki amaliy muzokaralarimizni o‘tkazish uchun Parijda uchrashishdan xursand bo‘laman. Mazkur uchrashuv davlatlarimiz terrorizm va iqlimning global o‘zgarishi kabi umumiy muammolar bilan to‘qnash kelgan bir paytda siyosiy muloqotimizni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ushbu uchrashuv, shuningdek, iqtisodiy aloqalarimiz rivojiga yangi kuch bag‘ishlaydi.
Shu bilan birga, madaniyat va ta'lim sohalaridagi o‘zaro munosabatlar ham katta istiqbolga ega. Xususan, Luvrda ko‘rgazma tashkil qilish loyihasi, Toshkent shahridagi fransuz maktabi faoliyatini rivojlantirish, Samarqand va Buxoro shaharlarida "Frantsuz alyansi" filiallarini ochish istiqbollarini nazarda tutayapman.
Sizning do‘stlik munosabatlarimizni yanada mustahkamlash yo‘lidagi harakatlarimizni faol qo‘llab-quvvatlashingizga ishonaman.
Janob Prezident, Sizga bo‘lgan chuqur ehtiromimni qabul qilgaysiz», — deyiladi maktubda.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Moskvadagi paradda rahbarlari ishtirok etgan davlatlarga demarsh e’lon qildi
Jahon | 16:43
-
«Kosmos-482» Hind okeaniga quladi - «Roskosmos»
Jahon | 16:26
-
AQSh to‘rt nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qilish uchun hibsga oldi
Jahon | 16:18
-
Saida Mirziyoyeva bolalar uchun milliy kontent yaratuvchilarini qo‘llab-quvvatladi
O‘zbekiston | 16:04
Mavzuga oid

11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti

21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi

09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi

19:48 / 29.04.2024