Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada niqobli jinoiy guruh ushlandi, ulardan biri ayol kishi
Shu yilning 29 avgust kuni tunda, soat to‘rt yarimlar atrofida Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida uch nafar noma'lum shaxslar yuzlariga niqob kiygan va pichoq bilan qurollangan holda, Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlarning biriga devor orqali oshib tushib, xonadon egasi G‘.Yu. va uning turmush o‘rtog‘i S.Yu.lar uxlab yotgan xonaga bostirib kiradilar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar qildi.
Uy egalari uyg‘onib qolganlarida, G‘.Yu.ni yuziga urib, tan jarohati yetkazadilar. S.Yu.ni va ushbu xonadonda birga yashovchi qizi M.Yu.ni qo‘l-oyoqlarini o‘zlari bilan olib kelgan arqon bilan bog‘lab, xonadagi sandiq ichidan 10 mln. so‘m pul va 1,5 ming so‘mlik turli zargarlik buyumlarini olib ketadilar.
Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Yozyovon tumanida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan V.Q., Marg‘ilon shahrida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan H.Yu. va Farg‘ona shahrida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan R.T.lar sodir etganliklari aniqlanib, jinoiy guruhning barcha a'zolari qo‘lga olindilar. Hattoki, ushbu jinoiy guruhning a'zolaridan biri ayol kishi bo‘lgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi, ya'ni bosqinchilik jinoyati alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026