18:12 / 02.09.2017
10507

Missiyaning boshlanishi. Inqilob ibtidosiga 10 yil to‘ldi

Foto: Sport Ekspress

2007 yilning 2 sentabr kuni amaldagi «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bosh murabbiy sifatidagi ilk uchrashuvini o‘tkazgandi.

O‘shanda ispan mutaxassisining birinchi klubi «Barselona B» bo‘lib, Gvardiola boshchiligida jamoa Ispaniyaning nufuzi jihatdan uchinchi divizioni - tersereda birinchi o‘rinni egallab, Segundaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi. Mavsum yakunlangach, Gvardiola jamoani tark etdi.

2008 yildan 2012 yilga qadar u «Barselona»ning asosiy jamoasini boshqardi. To‘rt yil davomida u jamoa bilan olamshumul g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Uch karra Ispaniya chempioni, ikki karra mamlakat kubogi, uch karra superkubok, ikki karra Yevropa chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida, shuningdek, ikki marta Yevropa Superkubogida zafar quchdi.

2013 yildan 2016 yilga qadar u «Bavariya»ni boshqardi. Myunxenliklar jamoasi bilan u 3 karra Germaniya chempioni, ikki karra mamlakat kubogi sohibi bo‘ldi. Xalqaro maydonda UYeFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi JChda g‘alaba qozondi. 2016 yildan boshlab esa «Manchester Siti» boshqaruviga keldi va hozircha bu yerda hech qanday sovrinni qo‘lga kirita olganicha yo‘q.

Qayd etib o‘tish joiz, Gvardiola ikki karra dunyoning eng yaxshi murabbiyi nomini qo‘lga kiritgan. 2011 yilda FIFA talqiniga ko‘ra, dunyoda tengsiz deb topilgan.

Top