Namanganlik 114 yoshli onaxon «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi
Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida istiqomat qiluvchi 114 yoshli Xadiyaxon Xoshimova O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga ko‘ra «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi.
Onaxonni Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov taqdirladi.
Xadiyaxon Xoshimovaning umumiy mehnat staji 41 yilni tashkil etadi, 1965 yildan buyon pensiyada.
U dastlab hududda jamoa xo‘jaligi tashkil etish ishlarida faol qatnashgan. Tumanda birinchilardan bo‘lib pilla yetishtirish sir-asrorlarini o‘zlashtirgan hamda pillachilikni rivojlantirishda jonbozlik ko‘rsatgan.
Urush yillari front ortini mustahkamlash, xalq ho‘jaligi ishlarini to‘xtatmaslik, jangchilarni qiyim-bosh va oziq-ovqat bilan ta'minlash ishlarida barcha xotin-qizlar kabi kechayu-kunduz tinimsiz mehnat qilib, frontga har tomonlama madad ko‘rsatgan.
Urushdan keyingi tiklanish yillarida ham xo‘jalik iqtisodiyotini mustahkamlash, mehnatkashlar turmush sharoitini yaxshilash ishlariga katta hissa qo‘shgan. Qariyb oltmish yillik mehnat faoliyati davomida tumanda paxtachilik, chorvachilik, pillachilik, poliz yetishtirish sohalarida ishlagan.
Piru-badavlat onaxon ayni damda 3 nafar farzandi, 13 nafar nabirasi, 19 nafar chevarasi davrasida umrguzaronlik qilmoqda.
Mavzuga oid
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024