10:28 / 02.09.2017
16791

​"Trastbank" nogiron bolalar hamjamiyatiga bayram sovg‘alari ulashdi

31 avgust kuni Nogiron bolalar "Kamalak" uyida "Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron bolalar uchun xayriya tadbiri o‘tkazildi. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2011-2015 yillarda yolg‘iz keksalar, nafaqaxo‘r va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar" dasturi doirasida tashkil etildi. 

"Trastbank" vakillari nogiron ehtiyojmand oilalar farzandlariga bo‘lgan e'tibor va g‘amxo‘rlikni oshirish maqsadida Mirobod tumanida yashovchi nogiron bolalar va Mehribonlik uy tarbiyalanuvchilari uchun maxsus sovg‘alar ulashishdi. 

Tadbir davomida 20 nafar bolalarga maktab ryugzaki, barcha o‘quv qurollari va shirinliklar topshirildi. 

Komiljon Toshmuhammedov, Nogiron bolalar "Kamalak" uyi menejyeri: 

"Nogiron bolalar "Kamalak" uyidagi imkoniyati cheklangan bolalarga "Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki tomonidan yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan maktab anjomlari, o‘quv qurollari hadya etildi. Bu esa mehrga tashna bolalarimizga katta quvonch bag‘ishladi. Men fursatdan foydalanib bank rahbariyatiga bunday e'tibor va homiylik uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman".

Gavhar opa, Revmatoidli poliartrit kasali bilan xastalangan: 

"Bu markazda bolalar uchun turli tadbirlar, xayriya aksiyalari tashkil etib turiladi. Bugun ham bolalarimizga esdalik sovg‘alari ulashilayotganini eshitib, xursand bo‘ldim. Qurbon hayiti - saxiylik, yaxshilik va saodat ulashuvchi kundir. 10 yoshli qizim Asalxon ham erta nahorda turib, mening tezroq sog‘ayib ketishim uchun ro‘za tutdi. Bugun esa "Kamalak" uyi tomonidan qizimga ajoyib sovg‘alar berishdi. Bunday e'tibor uchun tashakkurimizni izhor etamiz".

Mavzuga oid
Top