Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada chaqmoq urishi oqibatida 15 kishi jarohat oldi
Fransiyaning shimoli-sharqida joylashgan Azray kommunasida Vieux Canal festivali ishtirokchilariga chaqmoq urilishi oqibatida kamida 15 kishi jarohat oldi.
Mert va Mozel departamenti prefektining Facebook’da ma'lum qilishicha, voqea 2 sentabr soat 16.00larda sodir bo‘lgan. Ochiq osmon ostida o‘tgan festival vaqtida dovul boshlangan. Tadbir ishtirokchilari yomon ob-havodan yashirinish maqsadida o‘z chodirlariga qaytishgan, biroq chaqmoq chodirga kelib urilgan.
Barcha jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilganlar, ulardan ikki nafari kuchli kuyish sababli og‘ir ahvolda qolmoqda.
Voqea joyiga tibbiy xodimlar, 60 nafar o‘t o‘chiruvchi va jandarmeriyaning uch patruli kelgan. 150 ga yaqin odam zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
Festival tashkilotchilari Azray meriyasi bilan birgalikda qolgan barcha bayram tadbirlarini bekor qilishga qaror qilishgan.
Mavzuga oid
20:54 / 28.06.2026
Fransiyada parashyutchilar maktabiga qarashli samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
10:27 / 27.06.2026
O‘zbekistonda Fransiya vizasi uchun vositachilarsiz hujjat topshirish imkonsiz bo‘lib qolgani aytilmoqda
18:00 / 25.06.2026
Fransiya yana Rossiya «yashirin floti»ga mansub tankerni qo‘lga oldi
22:51 / 21.06.2026