Jahon | 21:20 / 03.09.2017
10446
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Shimoliy Koreyaning yadro sinoviga munosabat bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaning yadro sinoviga izoh berib, uni AQSh uchun xavfli va dushmancha harakat deb atagan.  

“Shimoliy Koreya yirik yadro sinovi o‘tkazdi. Ularning gapi va harakatlari hamon AQSh uchun xavfli va dushmanona bo‘lib qolmoqda”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Tramp shuningdek Shimoliy Koreyani “yordam bermoqchi bo‘lgan Xitoy uchun katta xavf va yuk bo‘lgan boshqarilmas davlat” deb atadi. Trampning fikricha, Janubiy Koreya uning tinchlatish siyosati foyda bermayotganini anglayotgan bo‘lsa kerak. 

3 sentabrda Shimoliy Koreya ballistik raketalarga o‘rnatish uchun belgilangan vodorod jangovar kallakni sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid