Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2030 yilga kelib Qirg‘iziston «qariyalar» mamlakatiga aylanishi mumkin
2030 yilga kelib Qirg‘iziston respublikasi «qariyalar» mamlakatiga aylanishi mumkin, deb yozmoqda 24.kg axborot agentligi. Bu haqda «Qirg‘iz respublikasida qariyalar» nomli tadqiqot natijasiga doir hisobotda so‘z bormoqda.
Unda qayd etilishicha, bugungi kunda mamlakat aholisining chorak qismi 50 yoshdan kattalardir.
Qariyalarning 10 foizi yolg‘iz yashaydi. 30 foizi nikohda. Yolg‘iz yashovchilarning 13 foizi shaharlarda, 11 foizi qishloqlarda ijaradagi uyda kun kechiradi.
Qariyalarning deyarli barchasi (99 foizi)da televizor bor. Bu miqdordan biroz kam, ya'ni 90 foiz keksa yoshlilar ixtiyorida sovutgich, 77 foizida kir yuvish mashinasi, atigi 27 foizida suvni elektr isitish qurilmasi bor.
Elektr energiyasi bilan ta'minlanganlik darajasi 98,4 foizni tashkil etdi. Tabiiy gaz 58 foiz shaharliklar va qishloq aholisining atigi 5 foizida bor. Qishloqlardagi xo‘jaliklarning 67 foizi sovuq ichimlik suvi bilan ta'minlangan. Shu bilan birga yuvinishi xonasi va ichki hojatxona ko‘rsatkichi juda past.
Umuman, tadqiqotda 4 ming xo‘jalik qatnashgan. Eng serfarzand oilalar mamlakatning janubi – O‘sh viloyatida joylashgan. U yerdagi 7 foiz oilada 11 va undan ko‘p odam yashaydi. Shahar va respublikaning shimoliy hududlaridagi oilada bir kishidan 5 kishigacha odam yashaydi.
Mavzuga oid
17:45 / 13.05.2026
Qirg‘iziston MXDQ sobiq rahbari Tashiyevning ishi maxfiylashtirilib, sudga yuborildi
08:28 / 12.05.2026
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026