O‘zbekiston | 17:29 / 04.09.2017
75219
2 daqiqa o‘qiladi

476=241. O‘zbekiston va Qirg‘iziston shuncha gektar yerni o‘zaro ayirboshladi

Foto: akipress

O‘zbek-qirg‘iz chegerasini aniqlashda o‘zaro hududlar almashinuvi amalga oshirildi. Bu haqda Qirg‘iziston respublikasi Jalolobod viloyati maxsus vakili o‘rinbosari Mamasoli Akmamatovga asoslangan holda AKIpress axborot agentligi xabar qilmoqda

Jalolobod viloyati O‘zbekistonning 3 viloyati bilan chegaradosh. Qirg‘iziston hukumatining ushbu viloyatdagi maxsus vakilining birinchi o‘rinbosari Mamasoli Akmamatovning 4 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegaralarining 643 km aniqlab bo‘lingan. Muzokaralarning ikkinchi bosqich uchrashuvlarida yana 80 km chegaraga aniqlik kiritiladi. 

«Shunday joylar bo‘ldiki, O‘zbekiston xaritasidan joy olgan, ammo u yerlarda bizning odamlar yashaydi, yana shunday joylar borki, bizga tegishli, lekin o‘zbek xalqi istiqomat qiladi. Biz 476 gektar yerni olib, 241 gektar yerni berdik»,- degan Akmamatov.

Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, O‘ngartog‘ hududi Qirg‘iziston hududida. Tog‘ hududi O‘zbekiston hududiga 217 kmga kirib ketgan bo‘lib, tomonlar bu borada bir to‘xtamga kelganlari yo‘q. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid