Jahon | 09:30 / 04.09.2017
6967
2 daqiqa o‘qiladi

Guardian: IShID Londonda terakt sodir etish uchun BBC jurnalistini “yolladi”

Foto: Dominic Lipinski/PA

IShID terrorchilik guruhi jangarisi BBC teleradiokompaniyasi jurnalistini London ko‘prigi hududida qo‘poruvchiliklar sodir etish uchun yollashga urinib ko‘rdi. Bu haqda The Guardian nashri reportyor so‘zlariga asoslangan holda yozmoqda

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, BBC xodimi ikki yil mobaynida ekstremistik guruhlar bo‘yicha o‘z surishtiruvini olib borgan. U o‘z faoliyatini yashirgan holda IShID jangarilari bilan Twitter orqali yozishgan. Gazetaning yozishicha, g‘arazgo‘ylar jurnalistni London ko‘prigi yaqinida bir o‘zi yoki gumashtalari bilan birga hujum uyushtirishga chorlagan. The Guardian nashrining qayd etishicha, bu “yollash” teraktdan bir yil avval sodir bo‘lgan.

Jurnalist, shuningdek, o‘z surishtiruvi doirasida IShIDning boshqa a'zolari bilan ham aloqaga chiqqan. Ular OAV xodimiga keyingi hujumlar rejalari va qurol-yarog‘larni qayerdan xarid qilish mumkinligini ma'lum qilishgan. 

Ma'lumki, 3 iyun kuni 3 terrorchi London ko‘prigi hududida avtomobilda piyodalarni bosib ketdi. So‘ngra, ular Boro-marketgacha borib, mashinalaridan chiqib, pichoqlar bilan o‘tgan-ketganlarga hujum qildi. O‘shanda 8 kishi halok bo‘ldi, huquq-tartibot organlari vakillari terrorchilarni yo‘q qildi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid