Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madonnaning o‘g‘li futbolga kirib kelmoqda

Xonanda Madonnaning o‘g‘li David Banda Portugaliyaning «Benfika» klubi tizimida to‘p suradi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, shu sabab bilan Madonna Nyu-Yorkdan Portugaliyaga tashrif buyurgan. Buning tasdig‘i sifatida u o‘zining «Instagram»dagi sahifasida bir qator fotopostlar qoldirgan.
«Portugaliyadagi quvvat inson ruhiga kuch beradi. Bu yerda o‘zimni ijodkor va tetik his qilmoqdaman. O‘z qo‘shiqlarim va yangi filmdagi ishlarimni intizorlik bilan kutmoqdaman», — deb yozgan Madonna.
Madonna 2006 yilda asrab olgan o‘g‘li bilan Sintrada yashab keladi. Bu shahar poytaxt Lissabondan taxminan 25 km uzoqlikda joylashgan. 59 yoshli xonanda 7,5 mln yevroga o‘zi uchun turar joy sotib olishga ham ulgurgan.
Mavzuga oid

11:48 / 17.06.2025
«Chelsi»ning yangi hujumchisi ishonchni oqlashni boshladi, Di Mariya va Otamendi «Benfika»ni qutqardi

13:00 / 20.04.2023
«Siti»ga hatto «Bavariya» raqobat qilolmayapti. Pep endi YeChLni oladimi?

14:49 / 12.04.2023
«Inter» deyarli yarimfinalda. Mariuning xatosi qimmatga tushdi

12:40 / 12.04.2023