Jahon | 18:02 / 04.09.2017
4985
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Isyonchi husiylar Yamanning sobiq prezidentini Sanadan chiqarib yubordi

Foto: Ali Abdulloh Solih matbuot xizmati

Isyonchi husiylar o‘zlarining sobiq ittifoqchisi, Yamanning sobiq davlat rahbari Ali Abdulloh Solihni hibsga olishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Bundan avval, Solih Sanadagi uyida uy qamog‘ida qolgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. 

Al-Arabiya telekanaliga ko‘ra, hibs qilingan sobiq prezident Yaman shimoli-g‘arbidagi Saad shahriga yuboriladi. 

Solihning husiylar harakati "Ansor Alloh" kelishmovchiligiga sobiq prezidentning izohlari sabab bo‘ldi. Solih husiylarni shunchaki "qurollangan to‘dalar" deb atagan edi. Vaziyat o‘tgan dam olish kunlari keskinlashdi. Sanani o‘z nazoratida ushlab turgan isyonchilar tomonidan Solihning safdoshi Xolid Rizo o‘ldirilgani bahona bo‘ldi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid