Bugun Hörmuz va husiyçilar ta’siri ostidagi Bob al-Mandeb böğozi atrofidagi vaziyat tobora keskinlaşib bormoqda. Bu ikki muhim dengiz yöli orqali dunyo neftining katta qismi taşiladi. Şu sabab bu hududlarda yuzaga keladigan har qanday mojaro faqat mintaqa bilan çeklanib qolmaydi. Agar töqnaşuv kuçaysa, bu global iqtisodiyotga, energiya narxlariga va umumiy xavfsizlikka jiddiy ta’sir körsatişi mumkin.

Mavzu muhokamasi – Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida.

Husiyçilar rasman uruşga kirdi, Isroil ularga qarşi navbatdagi frontni oçadimi?

Zokir Yusupov: Yana tarixiy va ijtimoiy omillarga e’tibor qaratişimiz kerak, husiyçilar harakati Yamandagi zaydiylar orasida muhim örin tutadi va mamlakat aholisining taxminan uçdan bir qismini taşkil etadi. Bu masala yana Eronning mintaqaviy siyosatiga borib taqaladi.

Eronning asosiy strategiyasi proksi kuçlar orqali ta’sir ötkazişdir. Ya’ni u bevosita uruşdan köra, öziga yaqin guruhlar orqali geosiyosiy maqsadlariga erişişga harakat qiladi. Aslida, barça davlatlar resurslar va ta’sir uçun kuraşadi, ammo bu kuraş turli şakllarda olib boriladi. Ayrim davlatlar hamkorlik va iqtisodiy rivojlaniş orqali ta’sirini oşirsa, Eron köproq proksi vositalarga tayanadi.

Hozirgi vaziyatda husiyçilar harakatining mojaroga töliq jalb qilingani haqida aniq xulosa yöq. Ayrim tahlillarga köra, Eron ularni faolroq harakat qilişga undayotgan bölişi mumkin. Bu esa mojaroning kengayiş ehtimolini oşiradi.

Agar yangi front oçilsa, mojaro yanada kengayib, boşqa davlatlar ham unga tortilişi mumkin. Bu esa eskalatsiyani kuçaytiradi. Ayniqsa, Bob al-Mandib böğozi orqali ötadigan neft va gaz yöllari xavf ostida qoladi. Natijada energiya narxlari keskin oşib, global iqtisodiyotga salbiy ta’sir körsatişi mumkin.

Boşqa tomondan, agar Eronda içki siyosiy tizim özgarsa, bu butun mintaqaga ta’sir qiladi. Iroqda içki keskinlik kamayişi mumkin, Livanda proksi töqnaşuvlar susayadi, Yamandagi uruş ham pasayişi ehtimoli bor. Şuningdek, Bahraynga nisbatan xavf ham kamayadi. Umuman olganda, Erondagi siyosiy özgarişlar Yaqin Şarqdagi köplab mojarolarning kamayişiga olib kelişi mumkin.

Şavkat Ikromov: Husiyçilar harakati vakillari “Agar Eron bizni çaqirsa, uruşga kirişga tayyormiz”, degan bayonot berdi. Ya’ni bu taşabbus husiyçilarning özidan bölgan.

Geografik jihatdan qaraganda, Bob al-Mandib böğozi orqali dunyo neftining taxminan 10–12 foizi ötadi. Hörmuz böğozi orqali esa qariyb 20 foiz. Demak, bu ikki yönaliş global neft ta’minotining qariyb uçdan bir qismini taşkil qiladi.

Agar Bob al-Mandib hududida mojaro kuçayib, husiyçilar bu yölni nazoratga olib yopsa, neft narxi keskin oşişi mumkin. Taxminlarga köra, narxlar qisqa muddat içida sezilarli darajada kötariladi va bu holat bir neça oy içida global bozorda yaqqol seziladi.

Bu vaziyatni Eronning umumiy strategiyasi bilan izohlaş mumkin. Eron yaxşi tuşunadiki, u Amerika Qöşma Ştatlari va Isroil kabi kuçli raqiblarga qarşi töğridan töğri harbiy ustunlikka ega emas. Şu sababli u asimmetrik uruş usullariga tayanmoqda, ya’ni mavjud resurslardan foydalanib, global iqtisodiy tizimga bosim ötkazişga harakat qilmoqda. Agar Eron Hörmuz böğozi yoki Bob al-Mandib orqali neft oqimini çeklasa, eng katta zarbani Yaponiya va Janubiy Koreya kabi energiya importiga qaram davlatlar sezadi.

Çunki ular neftning katta qismini aynan şu yönalişlar orqali qabul qiladi. Bundan taşqari, AQŞ içki bozorida ham yoqilği narxlari oşişi ijtimoiy norozilikni kuçaytirişi mumkin. Şu orqali Eron nafaqat harbiy, balki iqtisodiy bosim vositalaridan ham foydalanmoqda. Husiyçilarni jarayonga jalb qilişning asosiy maqsadi ham aynan şu, global energetika tizimiga ta’sir qilib, bosimni kuçaytiriş.

Natijada neft narxlari oşadi va Yevropa Ittifoqi, şuningdek, Osiyodagi yirik iqtisodiyotlar AQŞdan mojaroni tezroq yakunlaşni talab qila boşlaşi mumkin. Şu nuqtayi nazardan, Eron öz harakatlarini şunçaki keskinlik emas, balki muzokara pozitsiyasini kuçaytiriş vositasi sifatida körmoqda.

Töliq suhbatni YouTube'dagi “Geosiyosat | Kun.uz” kanalida tomoşa qilişingiz mumkin.