Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentning Qirg‘izistonga tashrifi davomida o‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha shartnoma imzolanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Almazbek Atamboyevning taklifiga binoan 2017 yil 5-6 sentabr kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘iziston Respublikasida bo‘ladi.
O‘zA xabariga ko‘ra, oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning asosiy masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari, mamlakatlarimizning chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilishadi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegarasi haqidagi shartnoma, mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
«Tashrifning muhim hujjati qirg‘iz-o‘zbek chegarasi haqidagi shartnoma bo‘ladi. Prezidentlarning o‘tgan yilgi uchrashuvida bu jarayonni jadallashtirish yuzasidan ko‘rsatma berilgandi. O‘shandan beri 16 ta uchrashuv o‘tkazildi, natijada umumiy chegaraning 1170 kilometri qayddan o‘tkazildi, 280 kilometri qolmoqda. Bu chegaraning 80 foizdan oshig‘ini tashkil etadi», deya Qirg‘iziston prezidenti apparati tashqi siyosat bo‘limi mudiri Oyzoda Subakojoyevaning so‘zlarini keltirgan K-News.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonga tashrifi oxirgi bor 2000 yilda amalga oshirilgandi.
Mavzuga oid
17:41
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanayotganlarga 9 yillik qamoq jazosi so‘raldi
10:14 / 24.06.2026