Jahon | 15:02 / 04.09.2017
11964
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Markaziy Osiyodan bo‘lgan fuqarolarga vizalar joriy etish taklif qilinmoqda

Foto: RIA "Novosti"

Markaziy Osiyo respublikalarida ijtimoiy holat beqaror, ular bilan migratsion rejimni rus fuqarolari xavfsizligi uchun o‘rnatish lozim. Bu haqda rus OAV Rossiya Federatsiyalar Kengashi mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Frants Klintsevichga asosan xabar berdi.

U Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskva hamda Moskva viloyatida teraktlar uyushtirmoqchi bo‘lgan markaziy osiyolik shaxslarni qo‘lga olganiga izoh berdi. Xizmat ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar IShIDga aloqador, ularda yollovchi shaxslar bilan aloqalar va terrorchilik yo‘nalishidagi jinoyatlarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘riqnomalar topilgan.

“Markaziy Osiyo respublikalarida ijtimoiy keskinlik o‘choqlari yaratilgan. Men anchadan berish shuni aytmoqdamanki, vizalarni joriy etish va chegarada kuchliroq nazoratni o‘rnatish kerak”, - degan Klintsevich.

Shu bilan birga, senatorning tan olishicha, viza rejimining ehtimoliy joriy qilinishi ushbu mintaqadan bo‘lgan mehnat migrantlariga og‘riqli zarba bo‘lib tushadi. «Biroq bizning davlat o‘z fuqarolarini himoya qiladi, hamda buning uchun istalgan yo‘qotishlarga boradi», - deya ma'lum qilgan parlamentariy.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid