Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnoma loyihasini imzoladi
4 sentabr kuni Bishkek shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov qirg‘izistonlik hamkasbi Erlan Abdildayev bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga 5 sentabr kuni boshlanadigan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy masalalar muhokama qilindi, shuningdek, mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra vazirlar tomonidan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida davlat chegarasi to‘g‘risida shartnoma loyihasi kelishilganligi to‘g‘risida imzo chekildi. Ushbu hujjat davlatlararo chegaralar umumiy uzunligining 80 foizini tashkil etuvchi 1170,53 km qismini aniqlaydi.
Mavzuga oid
17:41
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
11:20 / 01.07.2026
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
20:14 / 29.06.2026