Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamandagi vabo epidemiyasi 600 mingdan ziyod kishini qamrab oldi
Foto: AFP
Yamandagi vabo epidemiyasi 600 mingdan ziyod kishini qamrab oldi, u bilan kasallanganlar soni tobora oshib bormoqda. Bu haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xabar berdi.
JSST ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning aprelidan vabo bilan kasallanganlikda gumon qilinganlar soni 612 703 kishini tashkil qilgan. Bulardan 2048 nafari hayotdan ko‘z yumgan. Vabo bilan kasallanganlar soni kuniga o‘rtacha 3 ming kishiga ko‘payib bormoqda. Shunday bo‘lsa-da, umumiy hisobda mamlakatdagi vaboga yo‘liqayotganlar soni kamaymoqda.
Vabodan eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlar sifatida Al-Xodayda, Amanat Al-Azimax, Xaj va Amran nomlari keltirilgan.
JSSTda ta'kidlanishicha, Yamandagi vabo epidemiyasi dunyodagi eng katta ko‘lamli epidemiya bo‘lib, u tibbiy infratuzilmaning deyarli to‘liq buzilishi, gigiyena va toza ichimlik suvining yo‘qligi natijasida tez tarqalmoqda.
Mavzuga oid
22:16 / 25.05.2026
JSST Kongoda Ebola epidemiyasi nazoratdan chiqib ketgani haqida ogohlantirdi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
20:13 / 19.05.2026
Dunyo yangi global pandemiya ostonasida turibdi – JSST va GPMB
18:48 / 16.05.2026