O‘zbekiston | 19:01 / 05.09.2017
14797
2 daqiqa o‘qiladi

Atamboyev O‘zbekistonga oktabrda keladi, chegara bo‘yicha yakuniy bitim imzolanishi mumkin

Foto: knews.kg

Almazbek Atamboyevning ma'lum qilishicha, O‘zbekistonga oktabr oyida kelishni rejalashtirmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev hamkasbiga tashrif bilan kelishni taklif qilgan. Tomonlar chegara bo‘yicha yakuniy bitimni imzolashi mumkin. Bu haqda ikki prezidentning kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari chog‘ida ma'lum bo‘ldi.

Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston rahbariga O‘zbekistonga kelish bo‘yicha taklifi kuchda qolmoqda. Tashrif tayyorlanayotganda esa tomonlar bugun muhokama qilingan masalalarni muvofiqlashtirib olishi, hamda Toshkentdagi muzokaralarda yakuniy hujjatlarni imzolash uchun taqdim etishlari mumkin. Bu chegaraga ham tegishli.

“Bu yerda Almazbek Sharshenovich uning tashrifiga qadar chegaraning qolgan uchastkalarini muvofiqlashtirishni taklif qildi. Nima uchun yo‘q?! Axir u yerda unchalik ko‘p qolmadi. Mas'uliyatli shaxslarga topshiriq berish kerak, ular o‘tirib, o‘ylab ko‘rib, muloqot qilib, bir fikrga kelishlari lozim”, - degan Shavkat Mirziyoyev.

O‘z navbatida Almazbek Atamboyev taklif uchun minnatdorlik bildirdi va tomonlar haqiqatdan ham oktabrga qadar barcha bahsli masalalarni hal qilishlari hamda yangi kelishuvlarni imzolashlari mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid