Jamiyat | 19:56 / 05.09.2017
6215
2 daqiqa o‘qiladi

Avtoulovdan anjomlarni o‘margan shaxslar qo‘lga olindi

Joriy yilning 12 may kuni Chirchiq shahrida yashovchi 1976 yilda tug‘ilgan B.D. kechasi noma'lum shaxs, hech kim yo‘qligidan foydalanib, kalit tanlash yo‘li bilan, uyi oldida turgan unga tegishli oq rangli «VAZ-2107» rusumli davlat belgisi 10 X 830 MA avtoulovidan umumiy narxi taxminan 3.000.000 so‘m bo‘lgan 1 dona “Pioner” rusumli magnitofoni, 1 juft “Pioner” rusumli kolonkalari, 1 dona ovoz kuchaytirish moslamasi (usilitel), 1 dona avtoulov kuzatuv kamerasi va 2 dona balonlarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilib, ariza bilan murojaat qilgan hamda jinoyatchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilmoqda edi, deb xabar berdi Toshkent viloyati IIB.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Qibray tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan E.X. va 1992 yilda tug‘ilgan M.X.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlandilar.

Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovni IIB olib bormokda.

Mavzuga oid