Jahon | 20:12 / 05.09.2017
12751
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi Myanmada zo‘ravonlikni to‘xtatishga chaqirdi

Foto:aa.com.tr

Yevropa Ittifoqi Myanmaning Arakan viloyatida keskinlik darajasini pasaytirish, inson huquqlariga amal qilish va tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llamaslikka chaqirdi. Bu haqda gumanitar yordam va inqirozlarni boshqarish bo‘yicha yevrokomissar Xristos Stilianidesning bayonotida aytilgan.  

Uning aytishicha, Myanmadagi voqealar 350 ming kishiga salbiy ta'sir ko‘rsatdi.

Yevrokomissarning ta'kidlashicha, YeI Arakanga gumanitar yordam yetkazib berish bo‘yicha barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda va barcha tomonlar bilan hamkorlik qilmoqda.

Stilianides qochqinlarga ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun Bangladesh hukumatiga minnatdorlik bildirdi. Uning fikricha, vaziyat barqarorlashmaguncha arakanlik qochqinlarni ortga Myanmaga qaytarib bo‘lmaydi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid