Jahon | 23:25 / 05.09.2017
8951
1 daqiqa o‘qiladi

Meteorologlar Atlantikada yangi tropik dovul shakllanganini ma'lum qilishdi

Foto: © NASA

Atlantika okeanida “Xose” deb nomlangan yangi tropik dovul vujudga keldi, deb ma'lum qildi AQSh dovullarni kuzatish milliy markazi. 

Markaz ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda “Xose”ning quruqlikka yopirilishi bilan bog‘liq hech qanday ogohlantirish yo‘q.

Markazning aytishicha,  “Xose” Kichik Antil orollaridan 2450 km uzoqlikda joylashgan.  U 20 km/soat bilan harakatlanmoqda. Dovul markazidagi shamol kuchi 65 km/soatni tashkil qilmoqda. 

Mavzuga oid