Sport | 14:10 / 06.09.2017
17824
2 daqiqa o‘qiladi

Abadiy bahs. Pele Maradonaning kamchiliklarini oshkor qildi

Foto: Goal

Uch karra jahon chempioni Pele argentinalik sobiq futbolchi Diyego Maradona bilan munosabatlari haqida gapirdi.

Ammo Maradona boshi bilan yaxshi o‘ynay olardi, deya olmayman. U «ikkinchi qavatda» gol ura olmasdi. Shuningdek, u ikki oyog‘i bilan ham yaxshi o‘ynay olardi, deyish xato. Uning asosiy zarbalari chap oyog‘ida berilgan.

Shu tufayli, bizni taqqoslay boshlashsa, kulgim keladi. Menimcha ham, u buyuk futbolchi edi. Ammo uni men bilan tenglashtirib bo‘lmaydi.

Biz – do‘stlarmiz. Biz hamisha bir-birimiz bilan hazillashamiz. Men hamisha unga shunday deyman: «Maradona, sen Pele bilan tenglashishing uchun mingta gol urishing kerak». U esa shunday javob qaytaradi: «Hozir bunday qila olmayman, ammo bu endi muhim emas!», – deya Pelening so‘zlarini keltirgan goal.com.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid