Jahon | 07:39 / 06.09.2017
7294
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda Milliy gvardiyaning qiruvchi samolyoti falokatga uchradi

AQShning Arizona shtatida AQSh Milliy gvardiyasiga tegishli F-16 qiruvchi samolyoti falokatga uchradi. Bu haqda Milliy gvardiyaning Facebook’dagi rasmiy saytida ma'lum qilindi.   

Ma'lum qilinishicha, voqea Safford shahridan 32 km uzoqlikda yuz bergan. Uchuvchi taqdiri hozircha noma'lumligicha qolmoqda, voqea joyida qutqaruv operatsiyasi o‘tkazilmoqda.

Voqeani tergov qilish uchun AQSh harbiy-havo kuchlarining maxsus komissiyasi chaqirtirilgan. 

F-16 Fighting Falcon samolyoti AQSh armiyasiga 1980-yillardan yetkazib berila boshlangan. AQSh armiyasi qurollanishida bu turdagi qiruvchi samolyotning turli modifikatsiyasidan mingdan ko‘proq bor. Bundan tashqari, ushbu samolyot 25 dan ko‘proq davlatga yetkazib berilgan. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot narxi 30 mln dollardan oshadi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid