Daniya qirolichasining turmush o‘rtog‘i aqlan zaiflashgani tasdiqlandi

Foto: Aly Song / Reuters
Shifokorlar davomli tadqiqotlar natijasida Daniya qirolichasi Margaret II'ning 83 yoshli turmush o‘rtog‘i shahzoda Xenrikning dementsiya (aqli zaiflik)dan aziyat chekayotganini tasdiqlashdi. Daniya qirolligi bu haqida rasman bayonot berdi.
Xenrikning yoshini inobatga olib, shifokorlar kasallik uning atrofdagi olam bilan munosabatlariga ta'sir qilishda davom etishi va uning xatti-harakatlari, hissiyotlarini izhor qilish va vaziyatga baho berishdagi o‘zgarishlarga olib kelishini ta'kidlashmoqda.
Shahzoda 2016 yilda monarxning turmush o‘rtog‘i mavqei bilan bog‘liq majburiyatlarining aksariyatidan ozod qilingan. Biroz keyinroq u konsort nomidan ham voz kechgan, shunday bo‘lsa-da, turli xayriya fondlari va tashkilotlar rahbariligicha qolgan. Qirollik uyining xabarida shahzodaning ommaviy tadbirlardagi ishtiroki yanada kamayishi ta'kidlangan.
Daniya malikasi Margaret va fransuz grafi Anri de Labord de Monpeza 1967 yilda turmush qurishgan. 1972 yilda Margaret otasi Frederik IX'ning vorisi sifatida taxtga o‘tirgan. Juftlikning ikki o‘g‘li va sakkiz nevarasi bor, ularning to‘ng‘ich o‘g‘li taxt vorisi hisoblanadi. Ta'kidlash joizki juftlik 2017 yilda oltin to‘y yubileyini nishonlagan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
-
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi
Jahon | 22:59 / 07.04.2025
-
Fransiya, Misr va Iordaniya yetakchilari G‘azo bo‘yicha kelishuvni tiklashga chaqirdi
Jahon | 22:18 / 07.04.2025
Mavzuga oid

18:44 / 02.04.2025
WP: Oq uy Grenlandiyaning AQShga qo‘shilishi xarajatlarini baholamoqda

09:30 / 29.03.2025
Vens Daniya hukumatini Grenlandiyani Rossiyadan «yetarli himoya qilmayotgani» uchun tanqid qildi

08:28 / 29.03.2025
Daniya AQSh vitse-prezidentining Grenlandiya bo‘yicha tanqidini rad etdi

18:26 / 26.03.2025