Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i Keneshi raisini O‘zbekistonga taklif qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 6 sentabr kuni o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Qirg‘iziston Respublikasi Jo‘qorg‘i Keneshining raisi Chinibay Tursunbekovni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Prezident Kenesh raisining O‘zbekiston va Qirg‘iziston parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasini yuksak qadrlashini qayd etdi.
Do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Oliy Majlisi qoshida alohida parlament guruhi tuzildi.
Kecha imzolangan Chegaradosh mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi, Parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum va boshqa hujjatlar ikki davlat qonunchilik organlari o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanishida alohida ahamiyatga ega.
Davlat rahbari Qirg‘iziston Respublikasi Jo‘qorg‘i Keneshi raisi Chinibay Tursunbekovni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar bilan tanishish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish uchun O‘zbekistonga taklif qildi.
Mavzuga oid
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026
O‘zbekiston Qirg‘iziston ko‘mirining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda
12:00 / 25.05.2026