Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni – JCh-2018’ning sakkizinchi ishtirokchisi
2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash o‘yinlarining Osiyo mintaqasi B guruhida Saudiya Arabistoni o‘z maydonida Yaponiya ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona gol 63-daqiqada Fahad Al-Muvallad tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, Saudiya Arabistoni o‘z guruhida 2-o‘rinni egalladi va jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan sakkizinchi jamoa bo‘ldi.
Saudiya Arabistoniga qadar jahon chempionatiga yo‘llanmani Rossiya (mezbon mamlakat sifatida), Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya va Janubiy Koreya qo‘lga kiritgan edi.
Guruhda qo‘shimcha ko‘rsatkichlar tufayli 3-o‘rinni egallagan Avstraliya jahon chempioati yo‘llanmasi uchun Suriya bilan kuch sinashadi.
Saudiya Arabistoni - Yaponiya 1:0
Gol: Al-Muvallad
Mavzuga oid
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
07:09 / 02.06.2026