8 may kuni Yaponiya Immigratsiya xizmatlari agentligi mamlakatda noqonuniy ravişda bölib turgan Özbekiston fuqarosini deportatsiya qildi.

Yaponiyaning Toşkentdagi elçixonasi matbuot xizmati xabariga köra, özbekistonlik fuqaro Yaponiyaga qisqa muddatli biznes vizasi bilan kirib kelgan va ruxsat etilgan böliş muddati tugaganidan keyin ham mamlakatda qolgan.

«„Turizm“, „Biznes“, „Qarindoşlar yoki tanişlarni yöqlaş“ kabi maqsadlarda beriladigan qisqa muddatli vizalar mehnat faoliyati bilan şuğullaniş uçun möljallanmagan. Uşbu viza bilan mamlakatda işlaş va uzoq muddat qoliş taqiqlanadi», – deya eslatdi elçixona.

Noqonuniy böliş yoki noqonuniy işga joylaşiş holatlari aniqlansa, qoidabuzarlar politsiya tomonidan uşlanadi va hibsga olinadi, şuningdek, Immigratsiya markazida saqlaş va deportatsiya qiliş kabi qat’iy çoralar köriladi. Bundan taşqari, Yaponiya hukumati qoidabuzarlar haqidagi ma’lumotlarni Özbekiston hukumatiga taqdim etadi va ular Özbekistonga qaytgaç, tegişli çoralar körilişi mumkin, deb qayd etdi diplomatik missiya.

«Şu sababli, „Yaponiyada işlaş mumkin“ degan turli takliflarga osongina işonib qolmaslik uçun ogoh bölişingizni söraymiz», – deyiladi elçixona xabarida.

25 aprel kuni ham Yaponiyadan Özbekistonning ikki nafar fuqarosi deportatsiya qilingandi. Ularning biri «Talaba» vizasi bilan kelgan, biroq oliy öquv yurtidan çetlatilganidan keyin noqonuniy ravişda qolib, qölga olingan. Ikkinçisi esa qisqa muddatli viza bilan kirib kelgan va ruxsat etilgan muddat tugaganidan keyin ham Yaponiyada qolişni davom ettirgan.