Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Rossiyani Ukraina uchun asosiy harbiy tahdid sifatida baholadi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Rossiya mamlakat uchun asosiy harbiy tahdid sanaladi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
«Rossiya tomonidan asosiy tahdid – afsuski, harbiydir. Hozircha Moskva Donbass yoki Qrimdan ketishga tayyorligi borasida hech qanday belgilar yo‘q», - dedi Poroshenko Oliy radadagi har yilgi chiqishi davomida.
Uning ta'kidlashicha, Rossiya «qit'aviy ko‘lamda» hujumkor urushga tayyorgarlik ko‘rayotgani borasidagi dalillar ko‘payib bormoqda.
«Masalan, Rossiya-Belarusning «Zapad-2017» mashqlari... Ularni «antizapad» deb atash to‘g‘ri bo‘lardi. Tabiiyki, biz boshqa sabablar tufayli emas, balki aynan shuning uchun davlat chegarasining barcha uchastkalarida nazoratni kuchaytirdik», - deya aniqlik kiritdi Ukraina prezidenti.
Avvalroq Poroshenko suiqasd haqidagi xabarlardan so‘ng kishilar oldida ko‘rinish bergani ma'lum qilingandi.