Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX Pentagon uchun maxfiy qotil-kemani ishga tushirdi
SpaceX ilk marta AQSh harbiy havo kuchlari manfaatlari uchun xizmat qiluvchi Boeing X-37 (X-37B Orbital Test Vehicle yoki OTV) maxfiy kemasini ishga tushirdi. Bu haqida kompaniya Twitter'ida ma'lum qilindi.
OTV-5 missiyasiga 7 sentabr kuni Kanaveralda o‘rtacha og‘irlikdagi Falcon 9 raketasida start berildi. Start ehtimoli 50 foizdan kamroqqa baholanayotgan edi. SpaceX uni atayin "Irma" dovuli kosmodromga yetib kelmasidan ishga tushirishga harakat qildi.
Boeing X-37 parvozi maqsadlari noma'lum, biroq mini-shattl kosmik sun'iy yo‘ldoshlarning yo‘q qilinishini sinab ko‘rishga mo‘ljallangan deb hisoblanmoqda, uning maqsadlaridan biri esa bunday harakatlarning iqtisodiy samaradorligini tekshirishdan iborat.
Boeing X-37 ham Space Shuttle seriyasidagi qurilmalar orqali sinalgan sxema bo‘yicha orbitaga chiqish va yerga qo‘nishning uddasidan chiqadi. Ko‘p martalik orbital samolyot uzunligi — 8,83 metr. Bu esa Space Shuttle'dan to‘rt karra kichik degani, qanotlari qamrovi esa - 4,6 metr. Pentagon tasarrufida ikki Boeing X-37 bor, harbiylar ularni navbatma-navbat ishga tushirishadi.
Mini-shattlning birinchi starti 2010 yilning 22 aprelida amalga oshgan. Boeing X-37'ning 2017 yil may oyida tugallangan so‘nggi parvozi eng davomli natijani ko‘rsatdi - 718 sutka. Atigi yetti yil ichida yer orbitasida jami 2085 sutka vaqt o‘tkazildi.
Ta'kidlash joizki, Boeing X-37'ning avvalgi to‘rt parvozi SpaceX'ning asosiy raqibi ULA (United Launch Alliance) kompaniyasining Atlas 5 raketasida amalga oshirilgan. Bundan avval ULA - Pentagon o‘z harbiy qurilmalari parvozini ishongan yagona kompaniya bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
18:28 / 24.06.2026
SpaceX aksiyalari arzonladi, Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi
06:40 / 15.06.2026
Pentagon NUJlar haqidagi 72 ta yangi hujjatni e’lon qildi
21:42 / 12.06.2026