Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp yaqin yarim yilda noqonuniy muhojirlarning farzandlarini haydamaslikka va'da berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin olti oyda hukumat maxsus dastur bekor qilingandan keyin deportatsiya xavfi ostida qolgan noqonuniy muhojirlarning farzandlariga nisbatan hech qanday chora ko‘rmasligiga va'da berdi.
"Olti oy yorliq borasida tashvishda qolgan barcha kishilar (DACA) hech narsadan xavotir olmasalar ham bo‘ladi - hech qanday chora ko‘rilmaydi", - deb yozadi Tramp o‘z Twitter'ida.
For all of those (DACA) that are concerned about your status during the 6 month period, you have nothing to worry about - No action!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) September 7, 2017
O‘tgan seshanba kuni Tramp amaldagi DACA ("Muhojirlarning farzandlariga nisbatan orqaga surilgan chora-tadbirlar") dasturini bekor qilgandi. Dastur sobiq davlat rahbari Barak Obama farmoniga muvofiq ta'sis etilgan edi. U umumiy hisobda 750 ming kishining mamlakatda qolishiga imkon berayotgandi. Bu kishilarning aksariyatida AQShda ishlash uchun ruxsatnoma bor.