Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning sevimli iborasi qaysi ekanligi aniqlandi
Foto: Irina Kalashnikova / RIA Novosti
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining ommaviy nutqlarida “Weʼll see” iborasini ko‘p qo‘llaydi. Ushbu ibora inglizchadan “Ko‘ramiz” deb tarjima qilinadi. Associated Press axborot agentligining ma'lum qilishicha, Tramp bu iborani turli vaziyatlarda, misol uchun, o‘zining Shimoliy Koreya bo‘yicha rejalarini ifodalashda yoki “Harvi” dovuli oqibatlariga izoh berishda qo‘llaydi.
“Bu shu bilan bog‘langanki, uning so‘zlari mavhumdir. Hamma Tramp qanday chora ko‘rishi haqida “fol ochishiga” to‘g‘ri keladi”, deb aytdi Trampning prezidentlik saylovlaridagi sobiq maslahatchisi Sem Nunberg.
Boshqa mutaxassisning fikricha, bu ibora Trampga o‘z so‘zlariga intriga qo‘shish maqsadida aytilgan.
Avvalroq Tramp ijtimoiy tarmoqda ingliz tilida mavjud bo‘lmagan “covfefe” so‘zi bilan xabar chop etgan. Tramp xato qilib, tugallanmagan xabarni chop etgan deya taxmin qilingan, biroq Tramp buni tan olmagan va o‘z mikroblogi o‘quvchilariga bu so‘zning ma'nosini topishni taklif qilgan. Bu so‘zning ma'nosi nimani anglatishi haqida eng “yorqin” izohlardan birini Hillari Klinton bergan. Uning ta'kidlashicha, “covfefe” so‘zi ostida “ruslarga maxfiy xabar” yashiringan bo‘lishi mumkin bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020