Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yilgi jahon chempionati mezbonligi uchun 41 shahar da'vogar
JCh-2026 musobaqasini o‘tkazish uchun da'vogar AQSh, Kanada va Meksika birlashgan tashkiliy qo‘mitasi 48ta terma jamoa ishtirok etadigan chempionat o‘yinlari o‘tkazilishi uchun da'vogar bo‘lgan shaharlar nomini aniqlab oldi.
ESPN nashri bergan xabarga ko‘ra, kiritilgan katta ro‘yxatdan Kalgari, Grin-Bey va San-Diyego shaharlari tushib qoldi. Natijada dastlabki zayavkaga kiritilgan 41 shahar ajratib olindi. Ularning 32tasi AQSh, 6tasi Kanada va 3tasi Meksika shaharlaridir.
FIFA uchun taqdim etiladigan rasmiy zayavkada 20–25ta shahar qoladi. Ariza 2018 yilning 16 martida taqdim etiladi. FIFA talabiga ko‘ra, JCh o‘yinlarini o‘tkazish uchun da'vogar shaharlar soni 12tadan kam bo‘lmasligi lozim.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq JCh-2026 musobaqasini o‘tkazish uchun Afrika mintaqasidan Marokash ham da'vogar ekani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
09:50 / 03.02.2026
FIFA rahbari Rossiya jamoalariga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashga chaqirdi
20:36 / 19.01.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentdagi FIFA Series 2026 turnirida ishtirok etadi
18:34 / 14.01.2026
Agar yaxshi o‘ynasak, O‘zbekiston butun dunyodan muxlislar orttiradi – Shomurodov
18:21 / 31.12.2025