Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya “Irma” dovulidan ko‘rilgan zararni 200 mln dollardan ko‘proqqa baholadi
Fransiyaning CCR davlat sug‘urta kompaniyasi “Irma” dovuli Karib havzasidagi fransuz hududlariga yetkazgan zararni baholadi. Bunga ko‘ra, Sen-Bartelemi oroli va Sen-Marten orolining fransuz qismidagi talofatlar 200 mln dollardan ko‘proqqa baholangan.
Fransiyaning dengiz orti hududlari vaziri Annik Jirardenning aytishicha, hozirda hukumatning ustuvor vazifasi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda aholini suv va oziq-ovqat bilan ta'minlashdan iborat. Jirardenning ta'kidlashicha, ikkinchi navbatdagi vazifa jamoat tartibini saqlashdir. Vazir jabrlangan hududlar ustidan uchib o‘tayotganda ko‘zi tushgan marodyorlik holatlarini qoraladi. Avvalroq guvohlar dovuldan keyin o‘g‘riliklar sodir etilayotganini ma'lum qilishgandi.
Shu munosabat bilan Fransiya o‘z hududlariga 400 politsiyachi jo‘natadi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, “Irma”dan halok bo‘lganlar soni 14 kishini tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
10:27 / 27.06.2026
O‘zbekistonda Fransiya vizasi uchun vositachilarsiz hujjat topshirish imkonsiz bo‘lib qolgani aytilmoqda
18:00 / 25.06.2026
Fransiya yana Rossiya «yashirin floti»ga mansub tankerni qo‘lga oldi
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026