Jamiyat | 14:51 / 08.09.2017
6803
1 daqiqa o‘qiladi

MAKning Olmaotadan reysi texnik sabab tufayli 7 soatga qoldirildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining «Olmaota-Toshkent» HY-766 reysi parvozi payshanba kuni samolyotdagi nosozlik tufayli kechiktirildi. Bu haqdagi xabar Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhida paydo bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, 7 soatga cho‘zilgan kechiktirish holatiga texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Yo‘lovchilarga kecha kechqurun yangi bort yuborilgan. A320 layneri yo‘lovchilarni Toshkentga mahalliy vaqt bilan soat 2.30da olib kelgan.

Parvozi kechiktirilgan samolyot nosozlik bartaraf etilgach poytaxt aeroportiga qaytib keldi.

Avvalroq «O‘zbekiston havo yo‘llari» reysi Bangkokdan Toshkentga ucha olmagani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid