Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi talonchilik jinoyati fosh etildi
2017 yilning 5 sentabr kuni taxminan soat 18:30larda, muqaddam sudlangan O.A.J. o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och mavzesida joylashgan piyodalar yo‘lagida bo‘la turib, fuqaro K.S.G.ning sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli bo‘lgan bahosi 2.300.000 so‘mlik sariq metalldan ishlangan zanjirini egallab, jinoyat joyidan yashiringan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik, ya'ni sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
18:11 / 16.01.2026
Andijonda uyushgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi
21:10 / 29.11.2025
“Qaroqchilar” furaga hujum qildi
09:02 / 04.08.2025
Mirzo Ulug‘bekning "Ulug‘bek Ziji" asari ilk bor to‘rt tilda nashr etildi
14:12 / 14.06.2025