Jahon | 11:52 / 08.09.2017
28124
2 daqiqa o‘qiladi

Sud qaroriga ko‘ra ishga tiklamaganlik uchun – 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi

6.09.2017 yildagi O‘RQ-442-son "Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun bilan JKning 148-moddasiga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

JKning 148-moddasi bo‘yicha jazolanadigan qilmishlar ro‘yxatidan (mehnat qilish huquqini buzish) ishga tiklash haqidagi sud qarorini bajarmaslik chiqarib tashlandi. Ushbu modda bo‘yicha 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari ko‘zda tutilgan edi.

Endi JK 148-moddasida alohida shart mavjud bo‘lmaganligi sababli bunday huquqbuzarliklarga JKning 232-moddasi (sud hujjatini ijro etmaslik) qo‘llanadi. Unda ancha qat'iy jazo choralari ko‘zda tutiladi. Mansabdor shaxslarga – 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish qo‘llanadi.

Eslatib o‘tamiz, JKning 232-moddasida 2 turdagi qilmishlar nazarda tutilgan:

1.Muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlash;
2. Sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilish.

MJtKning 1981-moddasiga ko‘ra (qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi) bo‘yin tovlashni ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin davom ettirish jinoyat sanaladi. Ijro etilishiga faol to‘sqinlik qilish esa – darhol jinoiy tartibda jazolanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid