Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada kuchli zilziladan keyin 260 dan ko‘proq aftershok yuz berdi
Meksikada 8 sentabrga o‘tar kechasi yuz bergan kuchli zilziladan keyin 260 dan ko‘proq zilzila qayd qilingan. Bu haqda Meksika milliy seysmologiya xizmati ma'lum qildi.
“Soat 10:15ga Chyapas shtati sohillari yaqinida 266 ta qayta zilzila qayd qilindi. Ulardan eng kuchlisi 6,1 magnitudali bo‘lgan”, deyilgan xabarda. Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko‘ra, umumiy hisobda 5 va undan yuqori magnitudali 13 ta aftershok qayd qilingan.
Meksika prezidenti Enrike Penya Neto tvitterda zilzila oqibatida 30 dan ko‘proq odam halok bo‘lgani va 200 dan ko‘proq odam jarohatlanganini tasdiqlagan. “Chyapas va Oaxaka shtatlari eng ko‘p talfoat ko‘rdi”, deb aytgan prezident.
Uning aytishicha, aeroport va portlar odatdagidek ishlamoqda. Zilziladan keyin 1,85 mln kishi elektrsiz qolib ketgan. Ayni vaqtda elektr ta'minoti 90 foizga tiklangan. Ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 8,2 ballni tashkil qilgan. Zilzila markazi Tonala shahridan 137 km uzoqlikda, o‘chog‘i esa 58 km chuqurlikda bo‘lgan.
Penya Netoning aytishicha, ushbu zilzila mamlakatda oxirgi 100 yil ichida yuz bergan eng kuchlisi bo‘lgan. Meksika hukumati poytaxt Mexiko va bir qator shtatlarda maktablarni yoptirib qo‘ygan.
Mavzuga oid
08:48 / 23.05.2026
YeI Meksikaga 5 mlrd yevro investitsiya kiritadi
23:04 / 03.03.2026
Meksikada narkokartel yetakchisi «El Mencho» oltin tobutda dafn etildi
21:30 / 03.03.2026
FIFA prezidenti Meksika jahon chempionatini qabul qilishga tayyorligiga ishonch bildirdi
23:00 / 24.02.2026