Jahon | 10:31 / 09.09.2017
5467
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada zilzila tufayli 61 kishi halok bo‘ldi, 1,1 mingdan ortiq maktab jiddiy zarar ko‘rdi

Foto: AFP

Meksika prezidenti Enrike Penya Neto mamlakat qirg‘oqlarida 8 sentabr kuni ertalab yuz bergan juda kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar uchun uch kunlik motam e'lon qildi.

«Bugun, ertaga va indin bu yer silkinishi oqibatida halok bo‘lganlar bo‘yicha milliy motam bo‘ladi», - deya prezidentning matbuot anjumani vaqtida qilingan bayonotidan iqtibos keltiradi TASS.

Uning ta'kidlashicha, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, voqea tufayli halok bo‘lganlar soni 61 kishiga yetdi. Shuningdek, davlat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda 1,1 mingdan ortiq maktablar jiddiy zarar ko‘rgan.

Avvalroq Meksikadagi zilzila qurbonlari soni 60 nafarga yaqinlashgani xabar qilingandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid