Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va Qozog‘iston 590 mln dollarlik investitsiya kelishuvlarini imzoladi
Turkiya va Qozog‘iston 590 million dollarlik investitsiya kelishuvlarini imzoladi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati.
Qozog‘istonning Anqaradagi elchixonasi sa'y-harakatlari bilan tayyorlangan kelishuvlar qurilish mollari, mashinasozlik, kimyo sanoati, metallurgiya va energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.
Hujjatlar «Kazax Invest» milliy kompaniyasi va Turkiyaning "Chalik", "Yildirim", Yıldızlar SSS holdinglari, Agrobest kompaniyalar guruhi o‘rtasida imzolandi.
Qayd etilishicha, Turkiyaning Qozog‘iston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalari 2,1 milliard dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
20:58 / 16.06.2026