23:53 / 09.09.2017
6025

Turkish Airlines dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalari beshtaligiga kirmoqchi

Turkish Airlines (THY) 2023 yilgacha dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalari beshtaligiga kirmoqchi. Bu haqda aviakompaniyaning Markaziy Yevropadagi savdolar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Fotih Jigal aviakompaniyaning Shveytsariya bozorida faoliyat yuritayotganining 50 yilligi nishonlanishida aytib o‘tdi. 

Jigal Shveytsariya aviakompaniya uchun muhim ekanligini aytib o‘tgan.

“Shveytsariyada bizning vatandoshlar yashaydi, turk kompaniyalari ishlaydi. THY Shveytsariyaga haftasiga 64 ta reys amalga oshiradi, yillik yo‘lovchi oqimi esa 700 ming kishini tashkil qiladi. Kompaniya samolyotlari Shveytsariyadan Afrika, Yaqin Sharq davlatlari, Hindiston yarimoroliga va Janubiy Amerikaga reyslar amalga oshiradi”, deb aytdi Jigal. 

Turkish Airlines’ning samolyotlari Shveytsariyaning Tsyurix, Jyeneva va Bazel shaharlaridan har soatda bir marta Istanbulga reys amalga oshiradi. Buning evaziga Shveytsariyadan Turkiyaning istalgan qismiga qisqa muddatlarda yetib olish mumkin.

“2023 yilgacha belgilangan ustuvor vazifalar doirasida biz yo‘lovchilar tashish bo‘yicha Yevropaning yetakchi aviakompaniyasiga aylanishimiz mumkin. 2017 yil natijalariga ko‘ra, kompaniya, taxmin qilinishicha, milliy aviakompaniyalar va to‘liq xizmatlar paketini taklif qiluvchi aviakompaniyalar orasida o‘rindiqlar soni bo‘yicha Yevropa yetakchisiga aylanadi. Easyjet va Ryanair aviakompaniyalaridan keyin biz bu ko‘rsatkich bo‘yicha 3-o‘rinni egallamoqdamiz”, deb aytgan Jigal.

Mavzuga oid
Top