Jahon | 15:18 / 10.09.2017
14118
2 daqiqa o‘qiladi

Islom hamkorlik tashkiloti sammitida Ostona deklaratsiyasi qabul qilindi

Foto: Kazinform / Mukhtor Holdorbekov

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ning ilm-fan va texnologiyalarga doir birinchi sammitida Ostona deklaratsiyasi qabul qilindi. "Kazinform" shu haqida xabar berdi

"Bugun biz ilm-fan va texnologiyalarning rivojlanish yo‘llarini har tomonlama muhokama qildik va uning barchamiz uchun dolzarb ekaniga ishonch hosil qildik. Mazkur soha rivoji uchun birlik zarur. Biz shuni namoyish qilishimiz kerak. Sammitning yakuniy siyosiy hujjati - Ostona deklaratsiyasining qabul qilinishi buning isboti bo‘lib xizmat qiladi. Shu munosabat bilan Ostona deklaratsiyasining qabul qilingani to‘g‘risida e'lon qilishga ijozat bergaysiz", - dedi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev. 

Bundan tashqari, sammit doirasida Myanmadagi rohingya musulmonlari masalalariga doir yakuniy hisobot qabul qilindi. "Men o‘z nutqimda Myanmadagi fojiali voqealar haqida gapirib o‘tdim. Turkiya tomonning shu mavzuga oid tashabbusi bilan IHTning ilm-fan va texnologiyalarga bag‘ishlangan sammiti doirasida davlatlar rahbarlari va hukumatlar kengashining raisi Myanmadagi rohingya musulmonlari masalalari bo‘yicha yakuniy hisobotni ishlab chiqdi. E'tirozlar bo‘lmasa, bu hisobotni qabul qilamiz", - dedi Nazarboyev. 

Eslatib o‘tamiz, Ostonadagi Mustaqillik saroyida IHT sammiti ish boshlagan. Sammit mavzusi - "Islom olamida ilm-fan, texnologiyalar, innovatsiyalar va modernizatsiya".

Mavzuga oid