Jahon | 21:20 / 10.09.2017
6112
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva va Ar-Riyod tadbirkorlar uchun viza tartibini yengillashtirishga kelishib olishdi

Foto:RIA Novosti / Vitaliy Belousov

Rossiya va Saudiya Arabistoni ikki davlat tadbirkorlari uchun viza tartibini yengillashtirishga kelishib olishdi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qildi. 

Lavrov bu haqda saudiyalik hamkasbi Odil al-Jubayr bilan muzokaralar yakunlariga ko‘ra ma'lum qildi. 

Uning aytishicha, Moskva va Ar-Riyodda barcha darajalarda muntazam siyosiy muloqotni ko‘paytirishga umumiy qiziqish bor.

Lavrovning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar madaniy va gumanitar almashuvlarni faollashtirish, barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirishda ko‘maklashishga kelishib olishgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid