Fan-texnika | 18:05 / 11.09.2017
9950
2 daqiqa o‘qiladi

«Yandeks»da ishlashni xohlovchilar uchun tanlov e'lon qilindi

Foto: Yandeks

«Yandeks» kompaniyasida ishlashni xohlovchilar uchun tanlov e'lon qilindi. «Yandeks.Blits»da istagan odam ishtirok etishi mumkin - tanlov tarmoqning o‘zida yo‘lga qo‘yiladi.  "Layfxaker" shu haqida xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: har biri oltitadan vazifani o‘z ichiga oladi, ularga javob berish uchun to‘rt soat vaqt beriladi. Tanlovning birinchi raundi 18-24 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi - unda o‘zingizga qulay bo‘lgan vaqtda qatnashishingiz mumkin. Ikkinchi raundga 30 sentabrda start beriladi. Unda ishtirok etish uchun to‘rt vazifani bajarish kerak bo‘ladi. 

«Yandeks.Blits» ishtirokchilari vazifalarni bajarish uchun algoritmlar o‘ylab topishi va ularni kodlarda ifodalashi kerak bo‘ladi. Javoblar C++, Java, Python va C#  - kompaniya xodimlari ishlaydigan tillarida qabul qilinadi. 

Finalchilar sovrinli o‘rinlar uchun 100, 75 va 50 ming rubl bilan taqdirlanadi. Shu bilan birga, eng yaxshi 20 nafar ishtirokchiga sertifikatlar beriladi. Barcha vazifalarni bajara olmasangizu, biroq yaxshi natijalar ko‘rsatsangiz ham bellashuvni kuzatib borayotgan kompaniya xodimlari siz bilan bog‘lanishlari mumkin. 

Birinchi raund natijalari 26 sentabr kuni e'lon qilinadi, finalchilar nomi esa 4 oktabrda ma'lum bo‘ladi. 

Mavzuga oid