O‘zbekiston | 12:15 / 11.09.2017
8828
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyatida foydalanilmayotgan davlat obektlari biznes uchun taklif etiladi

Foto: Norma.uz

Vazirlar Mahkamasining  25.08.2017 yildagi 672-son qarori bilan Farg‘ona viloyatida ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar, bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki bo‘lgan obektlardan hamda yer uchastkalaridan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Hujjat o‘z ichiga quyidagilarni olgan:

•  samarali foydalanish uchun tadbirkorlik sub'yektlariga, shu jumladan investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan «nol» xarid qiymatida sotishga tavsiya etilayotgan bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obektlari, shuningdek xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi ulushlar ro‘yxati;
•  yangi kichik sanoat zonalari tashkil etiladigan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari ro‘yxati.

Eslatib o‘tamiz, ilgari xuddi shunday ro‘yxatlar Andijon, Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent shahri bo‘yicha tasdiqlangan edi.

Farg‘ona viloyatining tuman (shahar)lari hokimlariga «Davlat mulkini ijaraga berish markazlari» DUK bilan birgalikda respublika davlat boshqaruvi organlariga biriktirib berilgan tuman (shahar) hududida joylashgan foydalanilmayotgan davlat mulki obektlarini  (xususiylashtiriladigan obektlardan tashqari) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ijaraga berish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqi berildi. Ushbu qaror tegishli tuman (shahar) hokimining murojaatidan so‘ng 2 oy muddatda balansda saqlovchilar tomonidan ularni ijaraga berish ta'minlanmagan taqdirda qabul qilinishi mumkin. 

Farg‘ona viloyati hokimiga balansda saqlovchilar bilan kelishgan holda foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan davlat mulki obektlarini (xususiylashtirilmaydigan yoki Prezident va Hukumatning qarorlariga binoan xususiylashtiriladigan obektlardan tashqari) tuman (shahar)lar hokimliklariga operativ boshqaruvga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqi berildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid